insurez
16-03-2024 10:51


PAYARIQ TUMANI — 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan (markazi Chelak qishlogʻi boʻlgan). 1953 yil Payariq  tumanining bir qismidan Narimonov tumani tuzilgan. 1959 yilda Narimonov tumani Payariq tumaniga qoʻshilgan (markazi Narimonov qishlogʻi). 1991 yilda Payariq tumanidan Chelak tumani ajralib chiqqan. 2001 yilda yana Payariq tumani bilan Chelak tumanlari birlashtirilib, ular negizida Payariq tumani tashkil qilindi (markazi Payariq shahri). Payariq tumanida oʻrtacha 610 m balandlikda. Shimoliy gʻarbdan viloyatning Qoʻshrabot, gʻarbdan Ishtixon, janubdan Oqdaryo va Jomboy tumanlari, shimoldan Jizzax viloyatining Forish, shimoliy-sharqdan Gʻallaorol tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,29 ming km2. Aholisi 264 ming kishi. Tumanda 2 shahar (Payariq, Chelak), 65 ta mahalla bor. Tuman markazi — Payariq shahri.

Tabiati. Tuman hududi Nurota togʻ tizmalarining janubda joylashgan. Relyefi shimolda togʻlar, adirlar, togʻ oraligʻi botiqlari, janubiy  qismi tekislikdan iborat. Tuproqlari, asosan, och boʻz tuproq, togʻ etaklarida toʻq boʻz tuproq, jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari.

Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoqshoʻra aralash efemerlar, bugʻdoyiq va togʻchalachoʻl oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, jayron, jayra, gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, koʻrsichqon, tipratikan, kalamush, qushlardan soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq va boshqalar uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha harorat 13,4°, yanvarning ning oʻrtacha harorati — 1,2°, iyulniki 27°. Eng yuqori harorat 45°, eng past harorat —28°. Vegetatsiya davri 196 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 312 mm, asosan, qishda va bahorda yogʻadi. Togʻlardan oqib tushadigan mayda soylar bahor oylarida Sagʻanoqsoyga borib quyiladi. Janubiy  tekislik qismidan Zarafshon daryosining irmoqlari — Qorasuv va boshqa mayda soylar oqib oʻtadi. Ekinlarni sugʻorishda Zarafshon va boshqa daryo hamda soylardan foydalaniladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 142 kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda paxtachilik bilan birga don yetishtirish va chorvachilik muhim tarmoqlardan hisoblanadi. Qurilish oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari bor. Kichik, xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Tumanda shirkat, fermer xoʻjaliklari mavjud. Qishloq xo’jaligida da foydalaniladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevazor, tokzor va tutzorlar bor.

Tuman xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki boqiladi.

Payariq tumanida 103  umumiy taʼlim maktabi, 2 musiqa, 3 sport, 1 futbol maktablari, 2 adabiyot va til markazi mavjud. Markaziy kutubxona va uning 61 tarmogʻi, 2 bolalar, 1 maxsus kutubxona, markaziy madaniyat uyi, shahar, 24 qishloq madaniyat uylari, 3  avtoklub, xalq teatri ishlab turibdi.

Tumandagi markaziy kasalxona va 2 tez tibbiy yordam boʻlimi 2 poliklinika, 36 qishloq vrachlik punkti aholi salomatligi uchun xizmat ko’rsatmoqda.  

Tumandagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar ichida eng yirigi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuidir. Payariq shahrinig shimoliy qismida Tohir shayx maqbarasi va masjidi bor. Chelaktepa, Shoʻrtepa, Uchtepa, Yigirmatepa, Ernazartepa, Qorovultepa, Moylitepa, Yoʻltepa kabi tepaliklar saqlanib qolingan.

Teglar
Insurance Policy