insurez
16-03-2024 10:51


http://www.payariqhayoti.uz/images/1234.png

           1932 yil sentyabr oyida bosmaxona tashkil etilib, unga lotin alifbosidagi metall harflar keltirildi.

Tuman gazetasi “Bolshevik yo’li”ning ilk soni 1932 yil 9 senyatbrda Chelak qo’rg’onida 2 bosma taboqda Qodir Obidov imzosida lotin alifbosida chiqa boshladi.

Gazetaga 1932-1934 yillar Qodir Obidov muharrirlik qildi.

Gazeta ikkinchi jahon urushi boshlanishiga qadar muntazam ravishda chiqarilib turildi.

Gazetada urushga qadar turli yillarda Ahmad Nishonov, Mahmud Bobonovlar muharrir va Nori Mamatov mas’ul kotib bo’lib ishlaganlar.

Bu davrda gazetaning Narzulla Maqsudov, Ko’bay Primqulov, Yusuf Yodgorov va Mardi Nazarov singari faol muxbirlari tahririyatning tayanchi, mushtariylarning sevimli muxbirlari edilar.

Ikkinchi jahon urushi boshlangach, gazeta o’z faoliyatini to’xtatgan.

Urush tugagach, oradan 7 yil o’tib, 1952 yil 1 sentyabrda Chelak qo’rg’onida “Bolshevik yo’li” gazetasining ilk soni chiqa boshladi.

Gazeta Botirali Pirnazarov muharrirligida Burhon Shomirzayev mas’ul kotibligida “Bolshevik yo’li”ni ilk soni chop etildi.

1953 yil Stalin vafotidan keyin partiya siyosati tufayli, gazetaga “Stalin bayrog’i” nomi berildi.

Gazetaga turli yillarda muharrirlik qilgan Rajab Hasanov, Rashid Mahmudov, Ergash G’ulomov va Umar Shodiyevlar tuman ijtimoiy hayoti qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlarni keng yoritilishiga erishdilar.

Gazeta davr talabiga ko’ra “Stalin bayrog’i”, “Kommunist”, “Kommunist bayrog’i”, “Chelak tongi” kabi turli nomlar bilan chiqarildi.

1963 yil aprel oyidan boshlab, Payariq tumanida “Kommunizm bayrog’i” nomi bilan chiqa boshladi. 1968 yilgacha gazetaga Mahmud Abdurahimov, so’ng 1968 yildan 1988 yilgacha 20 yil davomida gazetaga Hasan Xudoyberdiyev muharrirlik qilishdi.

Turli yillarda “Kommunizm bayrog’i”, (“Payariq hayoti”) tahririyatida faoliyat ko’rsatib ishlaganlar, Ergash Sattarov, Kamol Tursunov, Xudoynazar G’oipov, Azim Suyun, Abdulla Yusupov, Umirzoq Suyunov, Bahrom Davronov, O’rol Chiniqulov, Akrom Umarov, To’ratosh Do’stqulov, Keldiyor Sindorov, Habibullo Odilov, jurnalistlar Jibak Ahadova, Saodat Umirova, Santalat Shodiyeva, Sayyora Jumaqulovalar shular jumlasindandir.

Badiiy ijod sohasida qalam tebratib, o’z ijodiy mahsullarini gazeta sahifalarida yoritib, gazetani tasirchanligini oshirishda o’z hissalarini qo’shganlardan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Obloqul Usmonqulov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Ziyodulla Nurmatov, shoir Abdumurod Ismatov, Oygul Suyundikova, Omonoy Rabbimova, Baxtiyor Shomirzayev, Kubora Allayorova, Turdi Tursun va Boliboy Jo’martov kabi ajoyib nafis kalom sohiblari tumanimiz gazetasining bag’ridan chiqqanlar.

1988 yildan gazetaga Normo’min Egamnazarov muharrirlik qila boshladi. 

Keyingi yillarda  gazetaga Egamqul Xo’jaqulov ishladi.

Mustaqillikdan keyin gazeta “Payariq hayoti” nomi bilan chiqa boshladi.

Gazetaga Turg’unboy Hasanov, Tangirberdi Eshquvvatov, Abdumurod Ismatovlar muharrirlik qildilar.

2006 yilda “Payariq hayoti” gazetasiga jurnalist Azamat Tavboyev muharrir etib tayinlandi.

 

http://www.payariqhayoti.uz/frontend/web/

 

Payariq tuman hokimligining rasmiy telegram kanali:

 

 

 

 Telegram sahifa manzili:     https://t.me/PAYARIQ_TUMANI_HOKIMLIGI

Obunachilar soni:                 15 253 nafar

Tashkil topgan sanasi:          2019 yil 19 iyun

Teglar
Insurance Policy