insurez
16-03-2024 10:51


Samarqand viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi - Erkak.uz 

Kichik sanoat zonalari

 

         Investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni taʼminlash va shu asnoda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida tumanimizda 45 ga yer maydoniga 5 ta KSZlari tashkil etilgan (Bular:“Chelak” KSZ maydoni 2,40 ga, “Xalqobod” KSZ maydoni 18,6 ga, “Xoʻja Ismoil” KSZ maydoni 1,5 ga, “Birlashuv” KSZ maydoni 13,90 ga va “Goʻzal” KSZ maydoni 18 ga). 

Joriy yilda “Xalqobod” MFYda joylashgan “Xalqobod” KSZda  20 ta 64,0 mlrd. soʻmlik 450 ta ishchi oʻringa moʻljallangan hamda “Goʻzal” KSZ da 6 ta 10,0 mlrd. soʻmlik 94 ta ishchi oʻringa moʻljallangan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shundan, joriy yil KSZ hududlarida  oziq ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash yoʻnalishi boʻyicha jami 11 ta 29,0 mlrd soʻmlik 205 ta yangi ishchi oʻringa ega boʻlgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda “Xalqobod” KSZda  joylashgan “Anisabonu fayz barakasi” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 5,5 mlrd. soʻmlik 15 ta ishchi oʻringa ega xar xil turdagi ichimlik suvini ishlab chiqarish, “Oltin tuproq invest servis” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 9,5 mlrd. soʻmlik 50 ta ishchi oʻringa ega yogʻ ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirildi.

(KSZ- Kichik sanoat zonalari)

Teglar
Insurance Policy