insurez
16-03-2024 10:52


Mahalliy Kengash faoliyatiga doir yangiliklarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumki:

Mahalliy Kengash yangiliklari
#sessiya 

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida tuman hokimini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi. 

Qonunchilikka ko’ra tuman hokimi lavozimiga nomzod Samarqand viloyati hokimi tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod bo’yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o’tkaziladi. 

Shu munosabat bilan tuman hokimi lavozimiga nomzod bo’yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o’tkazish uchun viloyat hokimi o'rinbosari A.Shukurov sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda  viloyati hokimi o'rinbosari Payariq tumani hokimi lavozimiga I.Jabborov nomzodi ko’rsatilganligi bildirildi. 

Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo’ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.

Nomzod bo’yicha partiyalar guruhlari ham o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Isroil Ismoilovich Jabborov  nomzodi Payariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Jarayonda,  Payariq tumani hokimi I.Jabborov sessiya ishtirokchilarini tummanni keyingi besh yillikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha o'zining besh yillik dasturi bilan tanishtirdi.
 

 

Teglar
Insurance Policy