insurez
16-03-2024 10:48


Payariq tumani hokimi  Isroil Jabborovning "9-may ­- Xotira va qadrlash kuni"  munosabati bilan tuman ahliga bayram tabrigi

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ'ibiga bag'ishlangan buyuk milliy, ma'naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.

9-mayni Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Aziz yurtdoshlar! Hurmatli payariqliklar!
Sizlarni 9-may - Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxt-saodat va farovonlik tilayman. Yurtimizda hamisha tinchlik hukm sursin, osmonimiz musaffo,  tinchligimiz abadiy bo'lsin!

    G'alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni  muborak bo'lsin!

 

Teglar
Insurance Policy