Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Ma'lumki, so'ngi yillarda ko'pgina xorijiy davlatlar qatori Xitoy Xalq Respublikasi bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar kuchayib bormoqda.
Nafaqat mamlakatda balki Samarqand viloyatida shu jumladan, Payariq tumanida ham Xitoy investitsiyasi asosida tashkil etilgan korxonalar soni ortib bormoqda.
Bugungi uchrashuvda ham ayni masalalar haqida suhbatlashildi.
Jumladan, Xitoylik investorlar Payariq tumanida paxtachilik va qovoq yetishtirish bo'yicha klaster tashkil qilish taklifini o'rtaga tashlashdi. Shuningdek, yaratib beriladigan sharoitlar, imtiyoz va imkoniyatlar bilan qiziqdi.
Tuman rahbari hududda unumdor yerlar borligini, yomg'irlatib yoki tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish orqali paxta, g'alladan tashqari ko'plab turdagi qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish mumkinlagini aytib o'tdi.
Uchrashuvda o'zaro hamkorlik bo'yicha kelishib olindi.
“Cristobal” kompaniyasi boshqaruvchisi Salih Yashar bilan uchrashuv olib borildi.
Payariq tuman delegatsiyasining Turkiyaga safari davomida tashkil etilgan barcha uchrashvlar tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga qartidi.
Jumladan “Cristobal” korxonasi erkaklar keyimi ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi korxonalardan biri bo'lib, faoliyatini 2008-yilda boshlagan. Ayni paytda ushbu korxonada 200 dan ortiq ishchi xodim faoliyat olib boradi.
Uchrashuv davomida korxona mas'ullari Oʻzbekiston bozoriga kirish istagi mavjudligi, hamda bu yerda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi ekanligini maʼlum qilishdi.
Hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida kompaniya vakillari viloyatga taklif etilib, yil yakuniga qadar tashrifni amalga oshirishga kelishib olindi.