Bugun Payariq tumani hokimi I.Jabborov rahbarligida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Payariq tumani hokimi I.Jabborov rahbarligida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Zoom platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda sektor rahbarlari, hokimlik va tuman tashkilotlari, mahalla faollari va ta'lim tizimi xodimlari ishtirok etdi.
Unda dastlab, ijro intizomi ya'ni, EDO elektron platformasi orqali kelgan topshiriqlar hamda vertual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning ijrosini ta'minlash shuningdek, 24-yanvar kuni viloyat rahbari A.Boboyev ishtirokida Payariq tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda fuqarolardan (171 kishi) tushgan murojaatlarni o'rganish va ijobiy hal etish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, aholining mol-mulk va yer soliqlari, chiqindi hamda toza ichimlik suvidan hosil bo'lgan qarzdorliklarni undirish, aholi xonadonlari, tashkilotlar va tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli bino va inshootlarga quyosh panellari o'rnatish, hamda safarbarlik chaqiruv rezervi (MPR) bo'yicha shartnomalar tuzish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari tuman rahbari tomonidan aholini kambag'allikdan chiqarish bo'yicha mahalla yettiligi oldida turgan eng muhim vazifalar va tashkil etib borilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar haqida tushunchalar berib o'tildi.
Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan soha va tarmoq rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.