Bugun Payariq tumani hokimi I.Jabborov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'ilimiga qarashli umum ta'lim maktablari direktorlarining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari va 2025-yilda amalga oshirishni rejalashtirayotgan ustuvor vazifalari bo‘yicha hisobotlarini tingladi.

Jarayonda, maktab direktorlari tomonidan maktablarda ta'lim sifatini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, ilgari surilgan loyiha va tashabbuslar tahlil qilinib, rejada belgilangan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Albatta, har bir maktab direktori ta'lim sifatini oshirish va o'quvchilarning yaxshi bilim olishi uchun harakat qilishi, buning uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishi lozim.
Tuman rahbari ayni jihatlarni inobatga olib, maktab direktorlariga ta'lim tashkilotlarining moddiy texnik bazasini yaxshilash choralarini ko'rish, darslarni yangi metodlar asosida tashkil etish, ta'lim sohasi rivojlanngan davlatlar tajribasini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Taqdimot davomida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etishi kerakligi ta'kidlandi.