Gulzor mahallasi fuqarolarining muammolari o'rganildi
Bugun tuman hokimi I.Jabborov, tuman prokurori F.Egamqulov, DXX tuman bo'limi rahbari T.Shokirov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Husan Yorqulov va Bekmirza Eshmirzayevlar ishtirokida Gulzor mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Hokimlik va tuman tashkilotlari mas'ullari, mahalla faollari hamda hudud aholisi bilan o'tgan qabulda Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar jalb qilindi.
Uchrashuvda tuman rahbari so'z olib, aholi muammolarini o'rganish va hal etish davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi va rahbarlar oldiga qo'yilgan muhim masala ekanligini ta'kidladi. Shuningdek,yolg'on va asossiz murojaatlar uchun qonun oldida javobgarlik belgilanganligini ham qayt etib o'tdi.
Qabul davomida fuqrolarlarning moddiy yordam tibbiy yordam, bola puli, migratsiya, aliment undirish, yoshga doir nafaqa, bola puli, ishga joylashish, gaz ta'minoti, elektrdagi muammolarni hal etish kabi ko'plab masalalarda yo'llagan murojaatlari ko'rib chiqilib, har bir murojaatni atroflicha o'rganish va hal etish yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.