Mahallalarda xavfsiz muhit yaratiladi
Davlatimiz rahbarining shu yil 3-yanvarda imzolangan “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini amaliyotga tatbiq etish maqsadida Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, general-mayor Abdullayeb Bekmurod Tojimirzayevich boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Payariq tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, Ichki ishlar vaziri o'rinbosari tuman mahallalarida jamoat tartibini saqlash, xafsizlikni ta'minlash bo'yicha ko'rilaytgan chora-tadbirlar rejalari , mahalla guzarlar, bozorlar, aholi ko'p to'planadigan nuqtalar, ko'chalar boshqa joylarda videokamera, signalizatsiya, tashvish tugmasi, xavf-xatardan xabar beruvchi boshqa uskunalar o'rnatilishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ma'lumot uchun, ishchi guruh viloyatning barcha shahar va tumanlarida qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijrosini ta’minlash ishlarini olib bormoqda.