"Mahalliy bozorlarni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash – ustuvor vazifa"
Tadbirkorlik va savdo sohasini yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida bugun tuman rahbari I. Jabborov hamda tegishli tashkilot rahbarlari Suzangaron savdo kompleksi va Chelak dehqon bozori hududini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida bo‘sh turgan savdo do‘konlarini faoliyatga jalb qilish, savdo do‘konlarning tashqi fasadini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash, bozor hududini yanada obodonlashtirish hamda sotuvchi va xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish muhimligini ta'kidlandi.
Jarayon davomida tuman rahbari tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning faoliyatidagi muammolarni tingladi hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.
Bozorlar faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlarga qulay muhit yaratish va aholi uchun shinam savdo maydonlarini shakllantirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.