Payariq tumanida aholini arzon va sifatli go'sht mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida muhim qadam
Xabaringiz bor, Davlatimiz rahabri tomonidan o'tkazilgan yig'ilishlardan birida ayrim tumanlarda go'sht narxining oshib ketganligi xususan, Payariq tumani ham ushbu tumanlar qatorida ekanligi bildirib o'tilgandi.
Shunga muvofiq, tadbirkorlar tashabbusi hamda tuman hokimligi ko'magi bilan aholini arzon go'sht mahsuloti bilan ta'minlaydigan korxona faoliyati yo'lga qo'yildi.
Korxona ochilishida tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokimlik va tuman tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda tuman rahbari so'zga chiqib, bugun yurtimizda, shu jumladan Payariq tumanida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligini ta'kidladi.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, tadbirkor Sherzod Bo'riyev hamda uning aka-ukalari tomonidan ishga tushurilgan "Chartak fidani" MCHJ Payariq filialiga qarashli ushbu korxonaga AQSH, Hindiston, Pokiston, Qozog'iston, Braziliya, Mangoliya, Indoneziya, Belorusiya va Angliyadan sifatli go'sht mahsulotlari olib kelinib, yarim tayyor holatda xalqimizga yetkazib beriladi.