Payariq tumanida jami qancha pensiya va nafaqalar oluvchilar mavjud?

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Payariq tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi tahlil qilindi.

Joriy yilning 15-mart  holatiga tumanda jami 31.095 nafar pensiya va nafaqalar oluvchilar bo‘lib, shundan 19.962 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Tumandagi pensiya va nafaqalar oluvchilarning 22.283 nafari yoshga doir pensiya oluvchilar, 2.602 nafari nogironlik pensiya oluvchilar, 1.1422 nafari boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya oluvchilar, 4.788 nafari ijtimoiy nafaqa oluvchilarni tashki etadi.

Ijtimoiy nafaqa oluvchilarning 1.479 nafarini esa 18 yoshgacha bo‘lgan bolalikdan nogironlarning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tumanda 1 nafar urush qatnashchisiga 3,5 ming so‘m pensiya va nafaqa tayinlangan.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Payariq tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 15-mart holatiga, jami 31.095 nafar fuqarolarga 43.554.580,03 ming so‘m mablag‘lar pensiya va nafaqalar moliyalashtirilgan va to‘liq to‘langan.

Shundan 12.671 nafar plastik kartalari orqali oluvchilarga 13.685.626.4 ming so‘m to‘langan.

Bundan tashqari, ijtimoiy nafaqalar oluvchi 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironlik nafaqasi oluvchi 3.562 nafar fuqarolarga 2.453.071.81 ming so‘m moliyalashtirilgan va to‘langan.

Joriy yilning 15-mart holatiga tumandagi kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va kam taminlangan oilalarga moddiy yordam oluvchilar soni 18 684 nafarni tashkil qilib, shundan 18 133  nafar kam ta'minlangan oilalarning bolalariga, 551 nafar kam ta'minlangan oilalarga jami 10.081.504 ming so‘m moddiy yordamlar moliyalashtirib berilgan.

2022-yilning 19-sentabrida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi kiritilgan qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchu nish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati doirasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar doirasida pensiya tizimini takomillashtirishga, pensiyalar miqdorini muntazam oshirib borishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, fuqarolarning ovoragarchiligini bartaraf etish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, shuningdek qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida fuqarolarning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davr uchu nish staji shaxsning mehat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanishi, pensiya va nafaqalar fuqaroning hoxishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha tayinlanishi va to‘lanishi, uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtidagi qo‘shib hisoblanadigan ish staji davri ikki barobarga, ya’ni uch yildan olti yilga oshirilganligi pensiya tizimi islohotidagi muhim qadamlar bo‘ldi. Shu bilan birga, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish hamda fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga muvofiq izchil oshirib borilishini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu paytgacha pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisobga olinib pensiya tayinlab kelingan edi. Ya’ni pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘m hisobidan uning 10 barobari 3 million 240 ming so‘mni tashkil qilgan va pensiya shu hisobdan tayinlangan bo‘lsa, endilikda ushbu chegara 3 million 888 ming so‘mni tashkil qiladi. 2023-yil 1-yanvardan 1 062 nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi va ularga oshirilgan pensiyalari yanvar oyida to‘lab berildi.

Mamalakatimizda aholining, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, turmush darajasini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga «Inson qadri uchun» tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning farovonligini yanada oshirish hamda ijtimoiy himoya qilish dasturlarining samaradorligini qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.

Pensiya tayinlash tartibini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuniga 2022-yil 26-oktabrdan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu Qonun fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llashda yuzaga kelayotgan turli xil yondashuvlarning oldini olishga va ijtimoiy adolat tamoyilidan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning daromadlarini oshirishga, ularning mehnatini munosib baholashga, shuningdek pensiya miqdorini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi.

  Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 13-oktabrda 592-son qarori qabul qilindi.

Yangi tahrirda qabul qilingan nizomga asosan pensiya tayinlash va to‘lashda quyidagi qulayliklar yaratildi:

Shaxsning ish staji va oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan taqdirda shaxsdan qo‘shimcha hujjatlar talab qilmasdan axborot tizimlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida pensiyalar tayinlanadi va  hisoblab chiqiladi;

2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar yoki elektron mehnat daftarchasida tegishli ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda pensiya tayinlash Komissiyasi tomonidan tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qilmaslik belgilandi;

Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu hujjatlarni ya’ni, arxiv yoki tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish bo‘yicha amaliy yordam beradi;

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini ariza beruvchiga 5 kunlik  muddatda yozma ravishda yoki ariza beruvchining mobil telefon raqamiga “SMS” xabarnomani yuborgan holda ma’lum qilish joriy etilmoqda;

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shaxsga vayoki tashkilot ma’muriyatiga pensiya tayinlash (qayta hisoblash) masalalari bo‘yicha tushuntirishlar hamda ma’lumotlar berishi shartligi belgilandi;

Nogironligi bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga olgan oilaning a’zosi ushbu nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turilgan vaqtini ish staji sifatida hisobga olish tartibi belgilandi;

Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidan, Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestridan va fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestridan, Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boshqa vazirlik idoralarning axborot tizimlaridan olinganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun mavjud ma’lumotlarni tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

Elektron mehnat daftarchasi ham ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat sifatida hisobga olinadi;

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar to‘lanishi kerak bo‘lgan oyning birinchi sanasi uzoq muddatli dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelganida Moliya vazirligining qaroriga asosan avvalgi oy yakuniga qadar muddatidan avval pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarning to‘lov qaydnomalarini shakllantirish huquqi berildi.

Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga vafot etgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi;

Pensioner vafot etgan oyda uning bank plastik kartasiga kirim qilingan mablag‘lar Pensiya jamg‘armasiga qaytarilmaydi;

Fuqaroning xohishiga ko‘ra pensiyalar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

A.Tursunov,

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Payariq tuman bo’lim boshlig'i.

2015-2024 © Payarik district department of government. Maked by: SAKTRM