insurez
20-06-2024 15:46

190 nafar maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishdi


Payariq tumanida tashkil etilgan an'anaviy "Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida tashkil etilgan festival hayojonli damlarga boy boʻldi.

Sektor rahbarlari, keng jamoatchilik, ota-onalar hamda OAV ishtirokida maktabni a'lo baholarga tamomlagan, ilmli va zukko bitiruvchilarning bir guruhi oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi.

Dastlab, tuman hokimi, birinchi sektor rahbari Isroil Jabborov soʻzga chiqib, oʻgʻil-qizlarni 30-iyun yoshlar kuni bayrami munosabati bilan samimiy tabrikladi.
-Jamiyat va yurt taraqqiyoti yoʻlida oʻzining munosib hissasini qoʻshish uchun, izlanish va bilim egallashni maqsad qilganingiz quvonarlidir. Bu esa yelkangizda ota-onangiz va ustozlaringiz ishonchini oqlashdek mas'ulyatni anglaganingizdan dalolatdir, -deydi tuman hokimi I.Jabborov.

Ziyoli yoshlar yurt taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan marralarni qoʻlga kiritishiga tilakdoshmiz. Ma'naviy yetuk, jamoat arboblaridan boʻlgan jadidlar singari bobolarimiz izdoshi boʻlayotgan payariqlik yoshlar Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari boʻlaoladi, albatta. Ularga mustaqil hayotda oʻz oʻrnini topishida omad tilaymiz.

Teglar
- -