insurez
04-06-2024 14:11

#press_tur Davlat ssudasi hisobidan obodonlashtirish boshqarmasiga xarid qilingan og‘ir texnikalar bilan jamoatchilikni tanishtirish toʻgʻrisida


Davlat ssudasi hisobidan obodonlashtirish boshqarmasiga xarid qilingan og‘ir texnikalar bilan jamoatchilikni tanishtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi 
PQ–4351-sonli qaroriga asosan obodonlashtirish boshqarmalarining kuch va resurslaridan oqilona foydalanish, ularning ishini optimallashtirish, qo‘l mehnatini kamaytirish shuningdek, obodonlashtirish sohasida ishlarni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berilgan. Jumladan:
2020–2024 yillar davrida tuman obodonlashtirish boshqarmasini maxsus texnika va mexanizmlar bilan jihozlash parametrlari qabul qilinib. Mazkur qarorga asosan  2020-2024 yillarda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 9 ta texnika va mexanizmalari xarid qilindi. Ushbu texnikalarni xarid qilish uchun 2 531.0 mln.so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi
PF-46-sonli “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Obodonlashtirish boshqarmalari faoliyati bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilab berildi. Bunda:
2022-2026 yillarda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tuman obodonlashtirish boshqarmasini maxsus texnika va mexanizmlar bilan jihozlash davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga 
2024-yilda  qiymati 625 mln.so‘m mablag‘lar hisobiga 1 ta zarur bo‘lgan Samosval (ISUZU) texnikasi hamda 2026-yilda qiymati 825 mln.so‘m mablag‘lar hisobiga 1 ta Hazon yig‘ish mashinasi (ISUZU) xarid qilinishi belgilangan.

Teglar
- -