insurez
18-07-2024 17:41

#Diqqat_tanlov


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika  ko‘rik tanlovida ishtirok etish uchun  2024-yilning 20-iyulidan 30-iyuliga hujjatlar qabul qilinadi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

¤Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi;

¤Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti;

¤Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti;

¤Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyatiga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:
+998557021100 (110)
+998993432715

Teglar
- -