insurez
24-05-2024 19:28

Go'za parvarishida nimalar muhim


Bugun Payariq tumanidagi  4 ta sektor hududida O'zbekiston Respublikasi fermer dahqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o'rinbosari Shuhrat Teshayev  ishtirokida g'o'za maydonlarida jadallashgan agrotexnik tadbirlarning olib borilishi bo'yicha tashkil qilingan seminarning  navbatdagisi  4-sektor hududidagi  Tomoyrot MMTP ga qarashli "Xushvaqtovlar zamini" fermer xo'jaligi dalasida o'tkazildi. 

Unda  Bosh prokratura boshqarma katta prokurori Akmalhon Nabirayev ham ishtirok etdi.

Seminarda  paxta parvarishida e'tibor qaratish lozim bo'lgan  eng muhim jihatlar haqida gapirildi.  

Jumladan, paxta dalasi texnika yoki qo'l kuchi bilan chopiq qilinganda ko'proq nimalarga e'tibor berish kerakligi, mineral o'g'itlar qaysi paytda, qay tartibda berilishi, qaysi zararli kasallikka qanday dori vositasi ishlatilishi tushuntirildi. 

Seminar davomida berilgan ma'lumotlar amalda ko'rsatib berildi.

Teglar
- -