insurez
20-05-2024 14:48

Kitob o'qishning foydali taraflari


Kitob o'qish bu hayotimizni o'zgartirish uchun eng yaxshi usuldir. Insonlar deyarli kuniga 2-3 soatini smartfon va televizorda o'tkazadilar. Ko'proq kitob o'qish bu sizni yangi so'zlar bilan tanishtiradi. Yangi so'zlarga qayta-qayta duch kelish asta-sekinlik bilan kundalik suhbatlaringizga kirishiga imkoniyat yaratadi. Kitob o'qish diqqatni jamlashni va xotirani yaxshilashga yordam beradi. Kuniga atiga 20 daqiqa o'qish diqqatni jamlashga yordam berishidan hayratda qolasiz. Kitoblar yangi dunyo eshiklarini ochishi mumkin. O'qish zerikarli deb ayta olmaysiz, o'qish uchun juda ko'p narsa bor. Buning uchun kitob o'qish odatini rivojlantirish kifoya. 
 Albert Eynshteyn doimiy kitobxonlar katta tasavvurlarga ega va ko'p kitob  o'qimagan odamdan ko'ra ko'proq narsani kashf eta olishiga ishongan. Olimlarning fikricha kitob o'qish davomida miyyaning o'ng tomoni ko'proq ishlaydi. Bolalar uchun ertaklar o'qilganda esa ularda miyyaning chap tomoni ishlaydi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar butun umr davomida ko'p kitob o'qigan odamda altsgeymer yoki demensiya kabi ruhiy kasaliklarga chalinmaydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kuniga kamida 30 daqiqa kitob o'qish stressni sezirarli darajada kamaytiradi. Bu inson miyyasiga tabasum qilish kabi ta'sir qiladi.

Mamayusupova Sevinch

Teglar
- -