insurez
10-10-2024 09:00

#matbuot_anjumani Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy mavzusida


“Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” mavzusida Brifingni boshlaymiz. Mavzuga oid o‘zingizni qiziqtirgan savollaringiz bo‘lsa murojaat qilishlaringiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 19 yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisining 3-sonli bayoni 38-bandida 2021 yil mart oyidan boshlab hududlarda “Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tumandagi 65 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga  Samarqand Chet tillar Institutidan professor o‘qituvchilar biriktirilib, ular ishtirokida 2024-yil 20 may kuni tumandagi 28-Musiqa va san’at maktabida hamkor tashkilotlar hamda mahalla raislari ishtirokida bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida seminar tashkil qilindi.

Bu tamoyilning funksional vazifalari quyidagilardan iborat.

1.Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini tahlil qilib boradi.

2.Mahalladagi faol fuqarolar ishtirokida nizoli oilalar vakillari bilan suhbatlar o‘tkazadi.

3.Oilaviy ajrimlar, voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi, jinoyatchilikni oldini olishda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qiladi. 

4.Mahallada turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, tanlovlar tashkil qiladi.

Payariq tumanida bugungi kunda mahallalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa tumandagi korxona-tashkilotlarda mahalla fuqarolar yig‘inlarida, ko‘plab ta’lim muassasalarida, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbatlari, uchrashuvlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda mavzuga oid video roliklar namoyishi tashkil etildi.

Jumladan;

Tuman tibbiyot birlashmasi, MTM xodimlari, mahalladagi yoshlar yetakchilari, MFY raislari va.hokazolar ishtirok etishdi. Undan tashqari, 35 ga yaqin mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” tashviqot tadbirlarida 2,5 mingdan ortiq yoshlar, mahalla fuqarolari ishtiroki ta’minlandi.

Uchrashuvlar orqali tinchlik, taraqqiyot va farovonlik albatta o‘z-o‘zidan bo‘lmaganligi, bu, avvalambor, Alloh taoloning bizga bergan cheksiz inoyati bo‘lsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasi ekanligi, shu bilan birgalikda hozirgi davrda, bizning tinchlik va farovonligimizga hasad ko‘zi bilan boqib, o‘z g‘arazli, shaxsiy manfaatlari yo‘lida, turli vosita va usullardan foydalanib, buyuk ne’mat bo‘lmish tinchligimizga raxna soluvchi kuchlar ham yo‘q emaslik to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tumanimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” hamkor tashkilotlar bilan ishlab chiqilib tegishli bandlari ijrosi ta’minlanib kelinmoqda. Jumladan, tumandagi 65 ta MFYlarda reja asosida targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ro‘yxatga olingan nosog‘lom muhitdagi oilalar bilan yakka tartibdagi psixologik suhbatlar doimiy o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birgalikda xorijga ishga ketayotgan fuqarolarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan tushuntirish ishlari, profilaktika tadbirlari tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tegishli soha vakillari hamkorlikda chet eldan qaytgan mehnat migrantlari, xorijga ishga ketayotgan fuqarolar bilan suhbatlar va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Xotin-qizlar o‘rtasida nosog‘lom diniy g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, o‘z joniga qasd qilish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish holatlarini oldini olish bo‘yicha barcha mahalla otinoyilari hamkorligida mahallalarda xotin-qizlar o‘rtasida nosog‘lom diniy g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, o‘z joniga qasd qilish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish holatlari yuzasidan hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Teglar
- -