insurez
27-07-2024 12:20

#matbuot_anjumani Tumanda aholiga moddiy yordam, bola puli, nafaqa va pensiya ajratilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan jamoatchilikni tanishtirish.


Assalomu alaykum ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va tuman aholisi.Tumanimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini rivojlantirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

       Shu bilan birga tumanda 2024 yil 01 iyul holatiga 28130 nafar pensiya oluvchilar bolib, shundan 17410 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi.

Jumladan:            

23856 nafari yoshga doir pensiya oluvchilar;

2752 nogironlik pensiya oluvchilar;

1522 nafar boquvchisini yoqotganlik pensiya oluvchilar;

  Budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi Payariq tuman bolimiga 2024 yil 01 iyul holatiga jami 1143 nafar fuqarolardan murojaat kelib tushgan. SHundan:

- 971 tasi Yoshga doir pensiya tayinlash bolib, 887 nafar murojaatlar qanoatlantirib, qolgan 84 nafar fuqarolarning etarlicha ish stajiga ega bolmaganligi sababli rad etilgan;

111 nafar fuqarolarni nogironlik pensiyasi tayinlashni sorab yollagan murojaatlari qanoatlantirilgan;

- 61 nafar fuqarolarni boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi sorab yollagan murojaatlari qanoatlantirilgan.

2024 yil 1-iyul xolatiga jami 28130 nafar pensiya oluvchilarga 33 745.7 mlrd so’m moliyalashtirilgan shundan naqd pulda oluvchilarga 8 451.9 mlrd som va bank plastic oluvchilarga 25 293.8 mlrd so’m mablag’lar moliyashtirilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-69-son Farmoniga asosan Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, bozor tamoyillari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qollab-quvvatlash hamda  pensiya va nafaqalar miqdorlarining rasman belgilangan eng kam  iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmasligi belgilangan shunga asosan  Payariq tumanida 4532 nafar pensiya oluvchi fuqarolarning pensiya miqdorlari 648000 so’mga yetkazildi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

      fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun amaldagi tartibga qoshimcha ravishda ularning xohishiga kora Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;

2025-yil 1-martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taminoti togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida belgilangan yoshga tolishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamgarmasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa malumotlariga asosan davlat pensiya taminoti togrisidagi qonunchilikda belgilangan tartib va meyorlarga muvofiq hisoblanadi va tayinlanadi.

           2024 yil yanvar oyida  tumanda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni  19871 nafarni oila soniga nisbatdan (31.2 %) tashkil etgan bo’lsa Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi  596- sonli qarorini fuqarolarga sayyor qabullar o’tkazilib tushuntirish ishlari  va  ishsiz fuqarolarni bandligini taminlanishi evaziga  tumanimizda xozirgi kunda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni  10451 nafarni oila soniga nisbatdan (16.1%) tashkil etmoqda  shundan 10178 nafari kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi oluvchilar bo’lsa  273 nafari moddiy yordam oluvchilar xisoblanadi.  Bugungi kunda  Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarga nogironlik  nafaqalari xam to’lanib kelinmoqda  Bolalikdan nogiron bo’lgan farzandi bor onalarga yoshga doir nafaqa 32 nafar, Yakka yolg’izlar 59 nafar, 18- yoshgacha bolalaikdan nogironlik nafaqasi 1558 nafar , yoshga doir nafaqa 69 nafar, nogironlik nafaqasi 2897 nafar, boquvchisini yo’qotganlik nafaqsi 489 nafar,  paravrishlash nafaqasi 649 nafar  jami tuman bo’yicha 5753 nafar fuqarolar nogironlik nafaqalari olib kelmoqda.

Teglar
- -