insurez
10-07-2024 15:38

OQ YO‘L SIZGA, BITIRUVCHILAR!


OQ YO‘L SIZGA, BITIRUVCHILAR!

Bugun professional ta’lim muassasalarida “Oq yo‘l, bitiruvchilar” tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirlarda tuman hokimi I.Jabborov, boshqarma boshligʻi A.Nasimov, tuman prokurori F.Egamqulov va boshqa mutasaddilar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar bitiruvchilarning jamiyatda oʻz oʻrnini egallashi uchun tizimli ravishda ishlar olib borilishi xususida oʻz fikrlarini bildirishdi. Asosiy e’tibor esa bitiruvchilarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash. 
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun yetarli sharoit yaratib berishga qaratilmoqda.

Jarayonlarda, tumandagi 1-2 va 3-son kasb-hunar maktablari bitiruvchilarga tantanali tarzda diplomlar topshirildi. O'tkazilgan tadbirlar davomida  harbiylar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar yoshlarda vatanparvarlik, jasorat kabi tuygʻularni yanada oshirdi.

Teglar
- -