O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi
O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi
Bundan 30 yil muqaddam Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konventsiya qabul qilingan edi. Ko‘plab muhim vazifalar belgilab berilgan ushbu Konventsiya bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Biologik xilma-xillik – bu alohida turlar yohud umumiy ekotizimlar xilma-xilligi, insoniyat salomatligi va farovonligi uchun hayotiy muhim ahamiyat kasb etib, 22 may — Xalqaro biologik xilma-xillik kuni butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda hamda tumanimizda keng nishonlanadi.
O‘zbekiston barqaror rivojlanish uchun biologik xilma-xillikni saqlab qolishning o‘ta muhimliga alohida ahamiyat bergan holda, 1995 yilda mazkur Konventsiyaga qo‘shildi va Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi tasdiqlandi. eng muhimi, Yangi O‘zbekiston davrida ushbu soha davlat siyosati darajasiga olib chiqilib, sohaning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtirildi.
Xususan, ushbu maqsadlarda 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish Strategiyasi ishlab chiqildi, unda asosan mamlakat umumiy er maydonining
12 foizini muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiritish rejalashtirildi. Shuningdek, 2019-2028-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi samarali amalga oshirilmoqda.
Xalqaro huquq normalarga ko‘ra, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ularni boshqarish va butligini saqlash hamda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash davlatning birinchi darajali vazifasi sifatida e’tirof etilgan.
Mamlakatimizda so'nggi qisqa davr mobaynida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida, xususan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza yaratildi. Sohaga oid 20ga yaqin muhim qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinib, strategiya va davlat dasturlari qabul qilindi.
Biologik xilma-xillikni saqlab qolish aynan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda to‘laqonli amalga oshirilishini e’tirof etgan holda hukumatimiz tomonidan ushbu hududlar maydonini kengaytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazkur hududlarni tashkil etish, boshqarish va kengaytirish bilan bog‘liq huquqiy asoslarni belgilab beradi.
2021-yil 30 dekabrdagi PF-46 sonli farmoni ijrosini taminlash maqsadida tumanimizda 2024-yil bahor mavsumida 905-ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar rejasi to‘liq 105% ga bajarilib 959240 ming tup mavali va manzarali ko’chatlari ekildi hamda 2024-yil kuz mavsumiga start berilib 509 ming ko‘chat ekish ishlari boshlandi.Bundan tashqari mahallarda suniy chqindi xonalarni paydo bo‘lishining oldini olish yuzasidan doimiy targ‘ibot ishlari amalga oshiril kelinmoqda.
Payariq tumanida suv resurslarni muhofaza qilish va oqilona foydalanish sohasida.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.1992-yil 174-sonli va 2002-yil 26-avgustdagi “Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida Zarafshon daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qirg‘oq bo‘yi mintaqasini belgilash to‘g‘risida”gi 303-sonli Qaroriga asosan Samarqand viloyat hududida Zarafshon daryosining muhofaza doirasi 22343,3 ga ni, shu jumladan qirg‘oq bo‘yi mintaqasi 2530,6 ga ni, tashkil qiladi.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-avgustdagi «Yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga respublika ahamyatiga ega bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida»gi 302-sonli qarori qabul qilingan.
Atmosfera havosini asosiy ifloslantirish manbalari sanoat, ishlab chiqarish korxonalari va avtotransport vositalari hisoblanadi.
Viloyat bo‘yicha bir yilda atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori jami 156,282 ming tonnani tashkil qilib, shundan 52,756 ming tonnasi 33,7% muhim (ishlab chiqarish korxonalari) manbalarga, 103,526 ming tonnasi 66,3% xarakatdagi (transport) manbalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.Payariq tumanida esa bu ko‘rsatkich 3.888 ming tonnani tashkil etib, 0,774 ming tonna 8,2% muqim (ishlab chiqarish korxonalari) manbalarga, 8,7 ming tonna 91,8% xarakatdagi (transport) manbalarga to‘g‘ri keladi.
Bahor va kuz faslida tuman hududida daraxt bargi hazonlari, shuningdek qurilish faoliyatida bitumni ochiq alanga oldirib yoqib yuborilishining oqibatlari va ularning oldini olish bo‘yicha tezkor nazorat tadbirlari (reydlar) olib borilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda biologik xilma-xillikni asrashga qaratilgan ezgu amallar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini chuqur qaror toptirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!