insurez
21-06-2024 19:46

Paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarni sifatli o'tkazilishi mavzusida.


Samarqand viloyati Payariq tumanida 2024 yil hosili uchun 10949 gektar maydonga g‘o‘za ekilgan bo‘lib, bugungi kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan parvarishlanib kelinmoqda.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi  bosh mutaxassisi Sh.Butunov hamda OAV xodimlari  shuningdek, inspeksiyaning Payariq tuman bo‘limi agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bosh mutaxassisi T.Abdurahmonov, tuman O‘simliklar karantini bo‘limi bosh agronomi S.Abdujabborovlar ishtirokida  Payariq tumani Baxtobod muqobil MMTP hududidagi “Esonbek dalasi”, fermer xo‘jaligida  2024 yil hosili uchun ekilgan  g‘o‘za  parvarishi hamda agrotexnik tadbirlar mavzusida Press-tur tashkil qilindi.             
Press-tur davomida bugungi kunda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar jadal sur’atlarda davom etayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Jumladan, rivojlanish fazalari 5-6 chin barg 3806 gektar yoki 35 foiz,   shonalash 7143 gektar yoki 65 foiz maydonlarda rivojlanayotgan bo‘lib, hozirda  qator orasiga ishlov berish 37823 gektar  yoki 3,5 marta,  mineral o‘g‘itlar bilan    1-oziqlantirish, sug’orish hamda chopiq qilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. 
Press-turda OAV vakillari xodimlari tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Teglar
- -