Payariq tumani hokimi I.Jabborov ishtirokida “Ma’rifiy islohatlar va barkamol inson tarbiyasi” mavzusida Ochiq muloqot
Payariq tumani hokimi I.Jabborov ishtirokida “Ma’rifiy islohatlar va barkamol inson tarbiyasi” mavzusida
Ochiq muloqot
Assalomu alaykum aziz tumandoshlar hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!
Payariq tumanida “Ma’rifiy islohatlar va barkamol inson tarbiyasi” mavzusida matbuot anjumanini boshlaymiz. Anjumanimiz davomida sohaga oid o‘zingizni qiziqtirgan savollaringiz bo‘lsa murojaat qilishlaringiz mumkin.
Payariq tumanida 2024 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi,
jumladan: Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Payariq tumanida 4 marotaba Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilish o‘tkazilgan. Kengashda jami 11 ta masala ko‘rib chiqilib, qarorlar ijrosi ta’minlanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisining 50-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda ikki marotaba “Ma’naviyat va ma’rifat kengashi” yig‘ilishi o‘tkazildi.
Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 31-dekabrdagi 07-01/125-sonli yig‘ilish bayoni hamda Payariq tumani hokimining 2024-yil 3-yanvardagi 01-04-119-sonli “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bayonlari tasdiqlandi.
Maskur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi va Samarqand viloyati hokimi tomonidan 2023-yil 30-dekabrda tasdiqlandi. Dasturga asosan 2024-yilning 3-29-yanvar kunlari tumanda jami 65 mahallalarda uch bosqichda jami 195 ta tadbirlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida har bir mahalla kesimida malakali targ‘ibotchilar, taniqli madaniyat va san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar, imom-xatiblar, nuroniylardan iborat targ‘ibot guruhlari ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan tadbirlarda jami 31200 nafar aholi qamrab olindi hamda tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi.
2024-yil fevral oyida tumanimiz fuqarolari ongida ajdodlarimiz ma’naviy merosidan faxrlanish hissini uyg’otish, Imom Buxoriy hayoti, ijodi va dunyo madaniyatida tutgan o’rni haqida targ’ibot olib borish, hadislarning inson kamolotida tutgan o’rni, barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida urg’u berish maqsadida tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Imom Buxoriy hayoti, ijodi va dunyo madaniyatida tutgan o‘rni” mavzusida 9 ta yo‘nalish bo‘yicha insholar tanlovi o‘tkazildi.
Bundan tashqari tumandagi barcha ta’lim muassasalariga, tashkilot va korxonalarga umumiy xisobda 1450 nusxada “Imom Buxoriy ta’rifi” deb nomlangan qo‘llanma kitoblari bepul tarqatildi.
2023-yil 28-oktiyabrda tumanda ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosini qayta tiklash hamda ularni avaylab-asrash va kelajak avlodga yetkazish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tumanda “Payariq tumani tarixi muzeyi” tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarorining 7-ilovasida 2021-2023 yillarda Samarqand viloyatida 16 ta “Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari”ni barpo etishning manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yilning 28-oktyabr kuni Payariq tumani Go‘zal mahallasi Bo‘ston ko‘chasida “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” foydalanishga topshirildi.
Hududlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yili, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!”, “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun”, “Ma’naviyat festivali”, “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlshsak-Vatanmiz!” kabi turkum mavzularda 214 ta tadbir o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Shundan, 127 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir, 8 ta festival, 25 ta ijodiy kecha, 12 ta kitobxonlik aksiyalari va yarmarkalari, 12 ta sahovat va muruvvat tadbirlari, 21 ta aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar, 59 ta aholini buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm va axborot xurujlari ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, 28 ta ma’rifat soatlari hamda 9 ta ko‘rik-tanlovlarni tashkil etadi.
O‘tkazilgan tadbirlarda jami 75 ming nafar aholining turli qatlamlari qamrab olindi.
Ma’lumot uchun: Shundan, 680 nafari davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, 92 nafari san’at va madaniyat xodimlari, 73 nafari shoir va yozuvchilar, 16 nafari “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va soha mas’ullari, 51246 nafari yoshlar va talabalar, 12475 nafari xotin-qizlar, 497 nafari nuroniylar, 62 nafari “Temir daftar”, 198 nafari “Ayollar daftari” hamda 341 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni tashkil etadi.
Tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati va holati:
Payariq tumani axborot-kutubxona markazida 17 nafar malakali xodimlar faoliyat olib bormoqda, shundan 3 nafari–oliy, 11 nafari–o‘rta-maxsus ma’lumotga ega.
Markazda jami 10 688 nusxada kitob fondi bo‘lib, shundan 2527 ta kitob–lotin, 4004 ta kitob–kirill alifbosida. 2023 yilda 385 ta yangi kitoblar sotib olingan.
Istirohat bog`lari:
Tumanda 2 ta madaniyat va istirohat bog`lari faoliyat yuritadi.
Istirohat bog`laridagi peshlavha va boshqa yozuvlar davlat tilida yozilgan.
Istirohat bog`larida xalq sayllari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Madaniyat markazlari:
Tumanda 6 ta madaniyat markazlari mavjud bo`lib, ushbu markazlarda 8 ta badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etilgan.
Bu borada tegishli chora-tadbirlar belgalab olinib, amaliy ishlar olib borilmoqda.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!