Tumanning eksport salohiyatini jamladan tekstil sohasi bilan korxonalar misolida tamishtirish. Press_tur
Bugun tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari Rashid Niyatov ishtirokida press tur o‘tkazildi.
Joriy yil tumanimizning eksport rejasi 18 mln 382 ming AQSH dollarni tashkil etib bugungi kunda rejaning 52 foizini bajarilib bo’lindi. Press-tur davomida dastlab tumanimizdagi “Fidokor” mahallasida joylashgan “Globaltex” MChJ tomonidan tashkil etilgan trikotaj mahsulotlar korxonasida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayoni va rejalari bilan tanishildi. Ushbu korxonada 40 ga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, ushbu hududdagi “Paradise white gold textile” MChJ tomonidan tashkil etilgan trikotaj mahsulotlari chiqarish korxonasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.
Press-tur ishtirokchilarining navbatdagi manzili Xo’ja Ismoil mahallasidagi tadbirkor M.Mahmudov tomonidan tashkil etilgan “Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi” bo‘ldi. Korxonada turli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishi va boshqa davlatlarga eksport qilish ham yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni reja qilgan.