insurez
30-05-2024 10:10

VATANGA SODIQ YOSHLAR


Bugun tumanimizdagi “Yoshlar bogʻi” da Samarqand viloyati hokimi, harbiy maʼmuriy sektor rahbari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi bilan birgalikda 2024-yil 6-martdagi “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy vatanparvarlik oʻquv yigʻiniga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi  07-01/23-sonli Yigʻilish bayonining ijrosini taʼminlash maqsadida 30-31-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyati boshlangʻich tayyorgarlik va malaka oshirish markaziga tumandan boruvchi 200 nafar yoshlarni kuzatish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olgan tuman hokimi oʻrinbosari F.Omonov yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yoʻnalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish haqida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng yoshlar avtobuslarga minishib manzil tomon yoʻl olishdi.

Teglar
- -