insurez
03-07-2024 11:05

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, bir yuz to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida


SAMARQAND VILOYATI PAYARIQTUMANI HOKIMINING QARORI

2024-yil 2-iyul 355-7-100-Q/24 Payariq tumani hokimligi Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, bir yuz to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga аsosan QARORQILAMAN: 1. Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi VI chaqiriq, bir yuz to‘rtinchi sessiyasi 2024-yil 9-iyul kuni chaqirilsin. 2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: Mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasidagi ishlar, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti holati va tumanda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari K.Hamidovning hisoboti; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari F.Omonovning hisoboti; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son Qarori talablari asosida avtomobil yo‘llarida piyodalar bilan, shuningdek, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishining oldini olish, inson hayoti va sog‘lig‘ini har qanday hodisalardan kafolatli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman IIB JXX YHXB boshlig‘i R.Mavlonovning hisoboti; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4630-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tumanda yoshlarni harbiy vatanparlik ruhida tarbiyalash, ularni xizmatga chaqirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i F.Ziyodullayevning hisoboti; Tumandasog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Utamurodovning hisoboti; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-92-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i O.Romonovning hisoboti; Boshqa masalalar. 3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

Tuman hokimi  JABBOROV ISROIL ISMOILOVICH

Teglar
- -