insurez
11-09-2024 15:25

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari oltinchi chaqiriq bir yuz sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida


“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga аsosan QARORQILAMAN: 1. Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari VI-chaqiriq bir yuz sakkizinchi sessiyasi 2024-yil 13-sentabr kuni chaqirilsin. 2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: 2024-yil to’qqiz oyi davomida qurilish sohasiga oid qabul qilingan qarorlar ijrosi bo‘yicha qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari K.Hamidovning hisoboti; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6118-son Farmoni ijrosi yuzasidan tuman Majburiy ijro byurosi bo‘limi boshlig‘i F.Ibragimovning hisoboti; 2024-yilning III chorak davri davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmаti tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Po‘latovning hisoboti; Payariq tumani “tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish to‘g‘risida Payariq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (v.v.b) B.Abdukasimovning hisoboti; Boshqa masalalar. 3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

Teglar
- -