XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING QARORI
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING QARORI
2024-yil 18-sentabr VI-108-149-7-100-K/24 Payariq tumani 2024-yil 2-mavsumi “tashabbusli budjet” jarayonining yakunlariga ko‘ra openbudget.uz portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-sonli Qarori hamda 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-sentabrdagi 23-9-19264-son xati hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari VI chaqiriq, bir yuz sakkizinchi sessiyasi QARORQILADI: 1. Payariq tumani “tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish to‘g‘risidagi tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulovning 2024-yil 10-sentabrdagi 02-02-1003-sonli xati va tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Abdukasimovning 2024-yil 10-sentabrdagi 02/17/420-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida, shuningdek, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, fuqarolar tashabbusi asosida “Manzilli ro‘yxati” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. g‘olib bo‘lgan loyihalarning 3. Tumanhokimligi axborot xizmati rahbari (S.Nishonov)ga ushbu qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish vazifasi yuklatilsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (A.Maxammatov) hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (Sh.Eshonqulov) zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi
JABBOROV ISROIL ISMOILOVICH