Yoqub aka endi yangi uyda mehmon kutadi

Xalqimiz azal-azaldan bir-biriga mehribon, og'ir kunlarda yordamini ayamaydigan millatlardan biri hisoblanadi. 

"Baxrin" mahallasida istiqimat qiladigan Yoqub aka Abilovga ham saxovatpesha insonlarning ko'magi zarur edi. 3 nafar voyaga yetmagan farzandning otasi sog'ligini tiklash yo'lida topgan daromadining barchasi dori-darmonga sarflanib, uyning ta'miri ham ortga surilayotgandi. Y.Abilovning oilaviy sharoitini inobatga olgan holda tuman hokimligi va muruvvatli insonlar tashabbusi bilan bugun xonadon o'zgacha qiyofa kasb etdi. 1-sektor rahbari D.Musinov Yoqub akani xonadonida bo'lib, oila boshini yangi uy bilan tabrikladi. Suhbat davomida "Endi yangi uyda mehmon kutaman" - deydi Yoqub aka Abilov.
Saxovatpesha insonlar safi kengayaversin!


2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM