2022-yil davomida deputatlik so‘rovlari 325 taga oshgan

Bugun Payariq tuman hokimligida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyat mudiri Jamshid Axunov ishtirokida Xalq deputatlari tuman Kengashining hududlardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis Senati va xalqimizga qilgan murojaatnomasida Xalq deputatlari Kengashlarining hududlardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish va ijro organlari ustidan samarali nazoratni o‘rnatish asosiy vazifalardan biri qilib belgilandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashida faoliyat yurituvchi deputatlar tomonidan mahalliy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish tobora jadallashib bormoqda.

Jamshid Axunov anjuman avvalida Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati 2021-yil 23-yanvaridan o‘z ish faoliyatini boshlaganligi va tobora ish samaraorligi sezilarli darajada ortayotganligini bildirib o'tdi.

- Bunga yaqqol misol 2022-yil davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan 471 ta deputatlik so‘rovlari yuborilib nazoratga olinishi natijasida ijrosi ta’minlangan holda fuqarolarning muammolari bartaraf etilgan. Bu 2021-yilga qaraganda 325 taga ko‘p hisoblanadi.

Kengashi kotibiyati faoliyati davomida 2021-yilda 24 marotaba tuman Kengashi sessiyalari o‘tkazilgan bo'lib, ushbu ko‘rsatkich 2022-yilda 4 taga ortdi. Mahalliy ijro hokimiyati, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlari va mansabdor shaxslarining hisobotlari yoki axborotlari muhokama qilingan va 2021-yilda 226 ta qarorlar qabul qilingan va bu ko‘rsatkich 2022-yilda 98 taga oshgan. Bo‘ ko‘rsatkichlar esa tuman Kengashi kotibiyatining ish samaradorligini yillar kesimida har yili 30% ga oshayotganligini bildiradi.

Sessiyalarda ko‘rilgan masalalar soni 2022-yilda 324 tani tashkil etib, shundan mas'ul shaxslar hisoboti 184 tani, axborotlar 37 tani, muhokamalar 7 tani, nazorat tahlil tadbirlari 5 tani, vakolat doirasidagi qarorlarni tasdiqlash 31 tani, hokim qarorlarini tasdiqlash 15 ta, hokim qarorlarini bekor qilish 0 tani va boshqa masalalar 42 tani tashkil etdi.

Sessiyalarda mas'uliyatsizlikga yo‘l qo‘ygan ijro hokimiyati organlari rahbarlariga nisbatan tegishli chora ko‘rish bo‘yicha kiritilgan takliflar yuzasidan 28 ta intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha qarorlar tasdiqlangan. Bir nafar rahbar xodim lavozimidan ozod etilgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashining ish faoliyati ochiqligini ta'minlash hamda axborot va ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sessiyalar onlayn tarzda o‘tkazilmoqda. Tuman Kengashining ish faoliyati OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda yoritilishi ortidan halqimizning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. Sessiyalarda chiqarilgan qarorlar E-Qaror tizimi orqali e’lon qilib borilmoqda.

2022-yilda yangi qabul qilingan 4 ta qonunlar targ‘iboti yuzasidan 16 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha 35 ta takliflar bildirilgan.

Doimiy ravishda sessiyalarda aholini qiynab kelayotgan muammolar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilangan hamda ushbu chora-tadbirlarning ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tomonidan ta’minlanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 30 ta saylov okrugi mavjud bo‘lib, bugungi kunda 30 nafar deputat tuman Kengashida faoliyat olib bormoqda.

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2022 yilda 178 ta o‘chrashuvlar o‘tkazilgan bo‘lib 498 ta muommolar aniqlangan va 490 tasi ijobiy yechim topgan. Bu esa o‘z navbatida 2021-yilga qaraganda o‘chrashuvlar o‘tkazish 43 taga aholi muommolarini ijobiy hal etish 338 taga oshgan.

Deputatlarimiz tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda aholi bilan uchrashib, bartaraf qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman Kengashi kotibiyati tomonidan 2023-yilda ham deputatlarning o‘z okruglarida sayyor qabullar o‘tkazish bo‘yicha reja-jadvallar ishlab chiqish va nazoratga olish belgilab olingan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi oldingi rasmiyatchilik uchungina ishlaydigan, nomi boru, o‘zi yo‘q tashkilotdan bugungi kunga kelib doimiy harakatdagi rivojlanib borayotgan nazorat organiga aylanmoqda.

Deputatlar tomonidan 2022 yilda brifing va matbuot anjumanlarini o‘tkazish reja-grafik asosida tashkil etilgan bo‘lib o‘z navbatida deputatlarning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini oshirishga qaratildi.

Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyati oshib borayotganligi bugungi kunda sir emas.

O‘tkazilinayotgan sessiyalarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarda belgilanayotgan vazifalar ustidan deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalari alohida aks ettirilib, ijrochilarning hisobdor ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.

Bu esa, deputatlardan har doimgidan ham faol va samarali faoliyat yuritishni, o‘z ustida doimiy ishlash zarurligini, qonunchilikdagi yangilardan doimiy xabardor bo‘lib turish lozimligini talab qilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashida bo‘gungi kunda 8 ta doimiy komissilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘shbu doimiy komissiyalar tumanda faoliyat yuritib kelayotgan siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda doimiy ish olib bormoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib Kengash ish rejasi, doimiy komissiya ish rejalari va tuman Kengashi kotibiyati yo‘l xaritalari tasdiqlandi.

Tumanimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda tuman Kengashi deputatlari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish asosiy vazifalarimizdan biridir, - deydi Jamshid Axunov o'z hisobotida.

Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlar o'zlarini iziqtirgan savollarga batafsil ma'lumotlar beridi hamda kelgusida doimiy komissiyalar tomonidan har oy reja asosida matbuot anjumanlari tashkil etilishi belgilab olindi.

 

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM