insurez
09-09-2024 16:00

Bugun SamDCHTI Payariq xorijiy tillar fakultetida yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.


Tadbirda tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokimlik va tuman tashkilotlari mas'ullari, ta'lim muassasasi jamoasi va talabalar ishtirok etib, so'z olganlar ta'lim sohasiga qaratilgan e'tibor, yaratilayotgan sharoitlarni e'tirof etishdi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish, yangi o'quv yilini yangicha kuch bilan boshlash va xalqimiz koriga yaraydigan munosib kadrlar bo'lib, kamol topish kerakligi ta'kidlandi.

Jarayonda, ta'lim maskaniga eng yuqori balni to'plab o'qishga qabul qilingan talabalar tabriknomalar bilan taqdirlandi.

Teglar
- -