insurez
07-07-2024 14:11

"G'oyib ota"  ziyoratgohi zamonaviy loyiha asosida qurila boshlandi


"G'oyib ota"  ziyoratgohi zamonaviy loyiha asosida qurila boshlandi

     Bugun tuman hokimi I.Jabborov Chelak shahri markazida joylashgan "G'oyib ota" ziyoratgohida bo'lib,  mazkur ziyoratgohni  tubdan obod qilish, bu erda tuman aholisi va boshqa hududdan kelgan ziyoratchilar  uchun zarur sharoitlarni yaratish bo'yicha boshlangan ishlar bilan tanishdi.
     Ushbu maskan ko'p yillar davomida qarovsiz qolib ketgan va tashlandiq holatga kelib qolgan edi. 
     Tuman hokimining tashabbusi va say harakatlari bilan ziyoratgohni o'rab  turgan devor buzildi va markaziy ko'cha  tomondan ichkariga kirish  yo'li ochildi. Ayni paytda bu yerda zamonaviy loyiha bo'yicha poydevorlar  tashlandi.  
       Tuman rahbari qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida,  mas'ullarga "Goyib ota" ziyoratgohini zamonaviy  loyiha asosida qurish, sayyohlar eng ko'p  tashrif buyuradigan gavjum maskanga aylantirish  bo'yicha tavsiya va ko'rsatmalarini berib o'tdi.​​​​​​​

Teglar
- -