insurez
20-05-2024 14:40

Hafta davomida amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi


Tuman hokimi I.Jabborov rahbarligida Zoom platformasi orqali  o'tkazilgan  yig‘ilishda   soliq qarzdorligini undirish hamda mudofaa to'lovlarini amalga oshirish,  yoshlarga yer ajratish,  murojaatlar bilan ishlash,  yetishtirilayotgan pilla hosili hisobini olish, auksionga chiqarilgan yer maydonlarini sotish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar  samaradorligini oshirish kabi masalalar ko'rildi.

Shuningdek,  elektr simlariga tutash daraxt  shoxlarini kesish,  ariqlani tozalash va chiqindilarni olib chiqish, yo'l bo'yida o'sgan o'tlarni hashar yo'li bilan tozalash yuzasidan mas'ullarga vazifalar belgilab berildi.


Shu o'rinda, berilgan topshiriqlar ijrosini o'z vaqtida ta'minlamasdan kelayotgan rahbarlar faoliyati keskin tanqid qilinib, ayrim ish samaradorligi past rahbarlarga choralar ko'rish va  kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga  tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar
- -