insurez
12-04-2025 17:40

Ijtimoiy soha rivojida yana bir muhim qadam – yangi maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi!


Bugun Payariq tumanining Mirzo Ulug‘bek mahallasida investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan navbatdagi muhim loyiha yakuniga yetkazildi.

5 milliard 850 million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy talablarga to‘liq javob beruvchi, 150 o‘rinli 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi  qurilishi yakunlanib, tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov, Payariq tumani hokimi I. Jabborov, mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 Yangi bog‘cha kichkintoylar uchun barcha qulayliklarga ega: yorug‘ va keng xonalar, o‘yin maydonchalari, oshxona va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan mashg‘ulot xonalari barpo etilgan.

Bu kabi loyihalar yosh avlodning sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib kamol topishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Teglar
- -