insurez
11-07-2024 18:46

Korrupsiya - taraqqiyoq kushandasi


Korrupsiya - taraqqiyoq kushandasi

Payariq tumani hokimligi xodimlari hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-sonli Qonunining  mazmun va mohiyatini tushuntirish,  “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish” mavzusida” yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Yig‘ilishda viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri Olmos Yazdanov, viloyat hokimligining Yuridik xizmati rahbari, viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Abdullo Tuychiyev, Viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Raximov hamda Viloyat Adliya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Orif Muhammadiyevlar ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-sonli Qonunining  mazmun va mohiyati tuman hokimligi hamda tuman tashkiloti rahbarlariga tushuntirildi. 

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda so‘ngi besh yilda Davlatimiz Rahbarining tashabbuslari va qat’iy siyosiy irodalari bilan ushbu illatga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosati darajasiga olib chiqilishi va qisqa fursatda korrupsiyaga batamom chek qo‘yish bo‘yicha ham huquqiy ham tashkiliy jihatdan choralar ko‘rilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu yig‘ilishda, 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida hokimlik va tashkilotlar xodimlari tomonidan ham korrupsion jinoyatlarning sodir etilishiga ham to‘xtalib o‘tildi hamda sodir etilgan iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlari haqida  maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida kiber havfsizlik sohasi mutaxassislari tomonidan ushbu yo'nalishdagi fribgarlik holatlari kesken oshib borayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi pul bilan bog'liq yoki boshqa turdagi moddiy manfaat keltiruvch sohta aldovlarga ishonmaslik, firibgarlar tomonidan yuborilayotgan  ilovalarga qo'shilmaslik va ularni boshqa tanishlarga ham yubormaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

Teglar
- -