insurez
08-07-2024 15:48

Mamlakatimizda aholini qo'llab quvvatlash, bandligini ta'minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.


Mamlakatimizda aholini qo'llab quvvatlash, bandligini ta'minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jumladan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" ning tashkil etilishi va ularga kiritilganlarga ko'rsatilayotgan yordamlar  fuqarolarning bugunidan rozi bo'lib yashashi va ertangi kunga umidini oshirishda muhim o'rin tutmoqda.

Payariq tumanida ham bu borada manzilli rejalar asosida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Xususan, bugun hududdagi "Yoshlar daftarlari"ga ro'yxatga olingan o'g'il-qizlardan  45 nafarining bandligini ta'minlash va hayotda  o'z yo'lini topishda ko'maklash maqsadida chopiq traktorlari, o't o'rish va elektro payvandlash  uskunalari, tikuv mashinkasi kabi bir necha turdagi jihozlar tarqatildi.

Jarayonda, tuman hokimi  I.Jabborov so'z olib, bugun yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotanligi, bundan to'gri va unumli foydalanish kerakligini ta'kidladi.

Teglar
- -