insurez
17-02-2025 14:55

#Matbuot_anjumani Hokimning qurilish masalalari bo'yicha o'rinbosari bosh mutaxasisi J.Abdullayev ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.


Assalomu alaykum xurmatli Payariq tumani axolisi va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari

Hududlarda obod qishloq va obod mahalla dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi

MATBUOT ANJUMANIMIZNI BOShLAYMIZ.

 

Payariq tumanida 2025-yil obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini olib borish, hududdagi infrotuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda og‘ir hudud toifasidan chiqarish maqsadida “Xalqobod” mahallasi tanlab olinib viloyat hokimining yo‘l xaritasi tasdiqlangan.

Tasdiqlangan yo‘l xaritaga asosan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha “Jonajon yurtim obodligiga o‘z hissamni qo‘shaman” shiori ostida mahalladagi har bir xonadonni obod hamda qilishga qaratilgan quyidagi tadbirlar tashkil etildi.

Mahalladagi 725 ta xonadonlarni tashqi va ichki fasad qisimlari ta’mirlanib xonadonlar raqamlashtirildi.

Elektr-energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida mahalladagi 5 dona yaroqsiz simyog‘ochlar temir-beton ustunlarga almashtirilib qo‘shimcha 5 dona yangi beton ustunlar o‘rnatildi.

Mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning 2,1 km qismi shag‘allashtirildi. Jumladan Jaxonbaxsh ko‘chasining 800 metr qismi, Jaxonbaxsh 1 tor ko‘chasining 200 metr qismi, Umid yog‘dusi ko‘chasining 200 metr qismi, Xosiyatli ko‘chasining 400 metr qismi va Yangi zamon ko‘chasining 500 metr qismi shag‘allashtirildi.

Mahalla hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarning jami 6,3 km qismi joriy ta’mirlash (asfalt qoplama yotqizish)ga tayyorlandi.

Mahalla aholi xonadonlari 10 dona maishiy gaz balon bilan ta’minlandi.

Axolini uzluksiz internet ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida mahalla hududida 5 km uzunlikda internet tarmog‘i tortildi.

Mahalla hududidagi markaziy ko‘chalarga 2 dona chiqindi konteynerlari o‘rnatildi

Bu boradagi ishlar barcha mahallalarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Xurmatli tumanimiz fuqarolari sizlardan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarida faol qatnashishingizni hamda o‘zingiz yashab turgan hududingizni obod saqlashda o‘z xissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.

Teglar
- -