insurez
24-05-2025 12:53

Oliy maqsadlar sari “So‘nggi qo‘ng‘iroq” chalindi


Barcha joylarda bo‘lgani kabi Payariq tumanining Oqtosh mahallasidagi 19-umumta’lim maktabida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi I.Jabborov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda ishtirok etgan 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari va bitiruvchilarning ota-onalarini bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, faol o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda tashakkurnomalari topshirildi.

Maktab kutubxonasiga hokimlik tomonidan 450 dona eng sara kitoblar jamlanmasi ham sovg‘a qilindi.

Tuman hokimi tadbir bahonasida, keksa avlod vakillari bilan ham uchrashdi, faxriylar bugungi dorilamon kunlarga shukronalik bildirdi.   

Ma’lumot o‘rnida: 19-maktabda jami 917 nafar o‘quvchi ta’lim olib keladi, shundan bugun 46 nafari maktabni tamomladi.
 

Teglar
- -