Payariqda ta’lim sohasida yana bir katta qadam — yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi!
Payariqda ta’lim sohasida yana bir katta qadam — yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi!
Payariqda ta’lim sohasida yana bir katta qadam — yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi!
Bugun tumandagi Xo'ja Ismoil mahallasidagi 81-maktabiga investitsiya dasturi asosida ajratilgan 9 milliard 750 million so‘m mablag‘ evaziga maktabda 330 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha bino qurildi, mavjud binolar esa kapital ta’mirdan chiqarilib, to‘liq yangilandi.
Qurilish ishlari zamon talablariga to‘liq mos holatda bajarilib, yangi bino barcha texnik, sanitariya va xavfsizlik me’yorlariga javob beradi. Maktab o‘quvchilari uchun yorug‘, keng va qulay sinf xonalari, zamonaviy jihozlangan fan laboratoriyalari, kompyuter xonalari va o‘quv-uslubiy muhit yaratildi.
Bugungi ochilish marosimi katta ko‘tarinkilik bilan o‘tdi. Tadbirda Payariq tumani hokimi Isroil Jabborov, mahalla faollari, ota-onalar, ustozlar, o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdilar.
Tuman hokimi so‘zga chiqib ta’limga berilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlodga yaratilayotgan sharoitlar va bu kabi loyihalarning kelajak uchun muhim ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Endilikda 81-maktab o‘quvchilari zamonaviy infratuzilma, shinam muhit va ilg‘or pedagogik shart-sharoitlarda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu esa yoshlarimizning keng dunyoqarashli, raqobatbardosh va bilimli bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.