insurez
14-06-2024 16:58

Rahbar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi


Bugun tumandagi markaziy madaniyat uyida tuman hokimi I.Jabborov ishtirokida hudud yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
 
Hokim o'rinbosarlari, tuman tashkilotlari mas'ullari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirokida o'tgan tadbirda tuman rahbari so'zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e'tibor, yaratib berilayotgan sharoitlarga to'xtalib, bu  imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini ta'kidladi. 

Murojaatlar, taklif va tashabbuslar yo'nalishida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab, 11 nafar yoshlarning murojaatlari tinglandi va hal etish choralari ko'rildi. 

Shuningdek, yoshlar tomonidan tumanda kitobxonlikni yanada rivojlantirish, bolalar yozgi oromgohini tashkil etish, faol va iqtidorli yoshlar uchun hokim stipendiyasini joriy qilish takliflari berildi. 

Tuman hokimi tumanda texnikalar soni ko'payganligi, yo'llar ta'mirlanayotganligi, elektir ta'minoti yanada yaxshilanishi va bu ishlar orqali Payariq tumani yaqin vaqt ichida har jihatdan rivojlanishini ta'kidladi.

Teglar
- -