Yangi O‘zbekistonning – Yangicha qiyofadagi mahallasi bo‘ladi
Tuman hokimi I.Jabborovga “Qishloqqurilishloyiha” DM Samarqand filiali yetakchi arxitektori Ilhom Azimov tomonidan Payariq tumani Oqtosh mahallasi hududini bosh rejasi taqdimot qilindi.
Mazkur loyiha Prezidentimizning 2023-yil 11-sentyabrdagi “Aholi punktlarining batafsil rejalashtirish va unga chegaradosh MFYlar bilan birgalikda shaharsozlik jihatdan rivojlantirish sxemasini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tayyorlangani aytib o‘tildi.
Hokim suhbat davomida tayyorlangan loyihani ma’qullar ekan,
yana bir nechta qo‘shimcha takliflarini bildirib o‘tdi. Xususan,
mahalla hududiga boruvchi yo‘llarni kengaytirish, qurilishda milliylikka ko‘proq e’tibor berish kerakligi aytib o‘tildi.