insurez
09-04-2025 15:01

Yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish yo‘lida muhim qadam!


Payariq tumanidagi Yoshlar markazi binosida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan zamonaviy o‘quv markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi I. Jabborov, DXX mas’ullari, tuman faollari, o‘quvchi yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi so‘zga chiqib mamlakatimizda yosh avlodning bilimli, salohiyatli va zamonaviy kasb egalari bo‘lib yetishishi yo‘lida yaratilayotgan sharoitlar, ayniqsa, xorijiy tillarni o‘rganish uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, ramziy lenta kesilib, o‘quv markaz rasman foydalanishga topshirildi.

 Ayni paytda markazda Ingliz tili, Nemis tili va Rus tillari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Markaz bir vaqtning o‘zida 100 nafar o‘quvchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, darslar eng zamonaviy innovatsion metodlar, interaktiv yondashuvlar va tajribali o‘qituvchilar ishtirokida olib boriladi.

Ushbu markaz faoliyati yoshlarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishiga, ularning intellektual salohiyatini oshirishga va zamonaviy kasblarni egallashiga zamin yaratadi.

Yangi o‘quv maskani – bu bilim sari ochilgan yangi eshik!

 

Teglar
- -