Aziz tumandoshlar, bayram sayliga marhamat!

Orziqib kutgan 21-mart - Navro‘z umumxalq bayramini nishonlash uchun tumanimizda ham katta tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

 

Madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan tayyorlanayotgan badiiy teatrlashtirilgan bayram dasturi 20-mart kuni namoyish etiladi. Shu kuni tumanimizning markazi bo‘lmish "Payariq 50 yilligi" ko‘chasi, amfiteatr, "Yoshlar istirohat bog‘i" bayramona bezatiladi. Folklor dastalari, milliy o'yinlar, sport musoboqalari, havaskor xonanda va sozandalarning chiqishlari, bahoriy taomlar, bularning barchasi milliy bayramimiz sovg‘asi sifatida sayl ishtirokchilariga tortiq qilinadi. 

Bayram tadbirida elimiz suygan san'atkorlar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Biz xalqimizni 20-mart kuni tumanimizda bo‘lib o‘tadigan Navro‘z umumxalq bayramiga taklif etamiz.

 

2015-2024 © Хокимият Пайарыкского района. Разработан в: SAKTRM