14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokimlik va tuman tashkilotlari mas'ullari, huquq-tartibod idoralari xodimlari, harbiy xizmatchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
"Mardlar qo'riqlaydi vatanni" shiori ostida o'tgan tadbirni tuman hokimi Isroil Jabborov ochib, yurt tinchligi, xalq farovonligi, sarhadlarimiz dahlsizligi uchun jonini ham ayamasdan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz, mard va jasur o'g'lonlarimizning mardonavor xizmatlari e'rofga loyiq ekanligi takidlab, barchani 14-yanvar vatan himoyachilari kuni hamda qurolli kuchlarimiz tashkil topganligining 33 yilligi bilan tabrikladi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo'limi hamda musiqa maktablari o'quvchilari tomonidan taqdim etilgan badiiy va musiqiy chiqishlar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.