2025/2026 yillar kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar bo‘yicha
Assolomu alaykum, hurmatli matbuot anjumani ishtirokchilari!
Ko‘mir yoqilg‘isini jamg‘arish va yetkazib berish bo‘yicha:
2025/2026 yillar kuz-qish mavsumi uchun jami 23 880 tonna ko‘mir ajratilishi rejalashtirilgan.
Jumladan,
Ijtimoiy soha ob’ektlariga jami reja 7 380 tonna shundan ko‘mir yoqilg‘isi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 7 380 tonna, 100 % tarqatilgan.
Shundan:
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga 5 671 tonna
Sog‘liqni saqlash bo‘limiga 1 206 tonna
Madaniyat bo‘limiga 80 tonna
Sport maktablariga 158 tonna
Tumandagi texnikumlarga 250 tonna ko‘mir yoqilgi maxsulotlari olib kelingan.
Tuman aholisi uchun 2025/2026-yillar uchun 16 500 tonna ko‘mir yoqilg‘isi, ajratilishi rejalashtirilgan, hozirgi kunda mycoal.uz dasturi orqali aholi tomonidan kelib tushgan arizalar ko‘rib chiqilib tizim orqali tasdiqlanmoqda.
Ko‘mir yoqilg‘isining 1 tonnasi 309 ming 800 so‘m.
Elektr energiyasi bo‘yicha:
Tumandagi Nayman NIM stansiyasiga quvati 16 000 kVali transformator o‘rnatildi. Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi doirasida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 8 ta (Oqtosh, Do‘stlik, Ko‘ktepa, Polvonariq, Xosa , Sho‘rtepa, Sarbozor va Nakurt) mahallalariga jami 21 ta transformator punkti, 1306 dona temir beton ustunlar hamda 49 km xavo tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda 209,1 km elektr tarmoqlari mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 209,1 km yoki 100% ga bajarilgan. 93 dona transformatorlar mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 93 dona 100 % ga, bajarilgan.
Tabiiy gaz bo‘yicha:
Besh dona gaz taqsimlash qurilmalarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, 100% bajarildi.
Tumanda joylashgan 578 dona gaz taqsimlash qurilmalarini taftish va ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Amalda 578 ta 100 % bajarildi.
Gaz quvurlarini bosim ostida sinash va xavo bosimi ostida zichlikka sinash. Reja 72,0 km bo‘lib xozirgi kunda 72,0 km 100 % bajarildi.
Yer osti gaz quvurlarining xolatini pribor usulida tekshirish. Reja
217.5 km bo‘lib, 218 km tekshirilib 100.2 % ga bajarildi.
Yer usti gaz quvurlarini bo‘yoqlash reja 15 km bo‘lib, 15 km bo‘yoqlanib 100 % ga bajarildi.
Suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha
Tuman aholisining 49,2 foizi suyultirilgan gaz bilan, 50,8 foizi tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Suyultirilgan gaz ta’minoti uchun tumanga 8 dona ISUZU yuk avtomashinalari ajratilgan. Maishiy gaz ballonlarga bo‘lgan yangi extiyojlarni qondirish maqsadida 2025 yil boshidan 300 dona yangi maishiy gaz ballonlari axoli iste’molchilariga tarqatildi.
Joriy yilning o‘tgan 8 oy davomida tuman aholisiga 4 308.56 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda
4 543,4 tonnaga yoki 105 % ga bajarilgan.
Ichimlik suvi tarmoqlari bo‘yicha:
2025-2026 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va axolini toza ichimlik suvi bilanta’minlash maqsadida
Mukammal ta’mirlash 1 dona suv nasosi hamda 800 metr suv quvurlari belgilangan bo‘lib, 1 dona (100%) suv nasosi hamda 800 metr (100%) suv quvurlari mukammal ta’mirlandi.
Joriy ta’mirlash bo‘yicha 4 dona suv nasosi hamda 700 metr suv quvurlari belgilangan bo‘lib, 4 dona (100%) suv nasosi hamda 700 metr (100%) suv quvurlari joriy ta’mirlandi.
Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha.
Tumandagi MFYlarda jami 41,3 km yo‘llarda asfaltlashtirilib, 22 km yo‘llar shag‘allashtirildi.
Bundan tashqari 6,5 km piyodalar yo‘lakchalari barpo etildi.
Ko‘p qavatli uy-joylar bo‘yicha:
2025-2026 yil ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayorlash maqsadida quidagi ishlar amalga oshirildi. 13 ta kirish yo‘laklari (pod’ezd) ta’mirlandi, 6 ta Elektr taqsimlash shitlari ta’mirlandi, 3 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi ta’mirlandi, 4 ta energo tejamkor sensorli lampalar o‘rnatildi.