Apparat yig'ilishi bo'lib o'tdi
Bugun tuman hokimi I.Jabborov ishtirokida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu haftada yog‘ingarchilik kuzatilishi sababli tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, elektr ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish borasida mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Tahliliy muloqotda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda korxona va tashkilot rahbarlaridan yanada mas’uliyatli bo‘lish talab etildi.
Shuningdek, kun tartibidagi masalalardan “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlarni jadallashtirish, quyosh panellarini o‘rnatishda zamonaviy yondashish kerakligi aytib o‘tildi. Shu o‘rinda soliq tushumlarini, imtiyozli kredit qarzdorliklarini undirish ish samaradorligini oshishida ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi.