#brifing Korruptsiyadan holi dunyo.
Ta’kidlash joizki, korrupsiya qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, o‘zining salbiy illatlari oqibatida har qanday tashkilotning samarali ish faoliyatini cheklashi bilan birga inson resurslarini boshqarish jarayonini ham izdan chiqaradi.
Bugungi kunda jamiyat va davlatning rivojlanishiga erishish bir tomondan sohalardagi muammolarni aniqlash hamda uni izchillik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan bu vazifalarning amalga oshirilishi kadrlar siyosati shaffofligini ta’minlash hamda uni korrupsiyadan holi qilish zaruriyatini taqozo etadi.
Davlat organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning ish faoliyatida favoritizm, nepotizm, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki hokimiyatni suiiste’mol qilish kabi korrupsiyaning bir necha shakllari ko‘zga tashlanishi mumkin.
Aytish joyizki yurtimizda ham inson resurslarini boshqarish jarayonini korrupsiyadan jilovlashda avvalambor yuqori mansabdor shaxslarni korrupsiyadan tiyib turuvchi mexanizmlar yaratilishiga, shaffof ish haqi paketlari taqdim etilishiga, ochiqlik tamoyilining ilgari surilishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Zero, har qanday soha faoliyatini rivojlantirilishiga bel bog‘lash dastavval yuqori davlat boshqaruv organlari va uning quyi bo‘g‘inlarini korrupsiyaning tub ildizlaridan xalos etish zaruriyati bilan chambarchas bog‘lab turadi.
Xuddi shunday Payariq tumanida ham korrupsiyaning oldini olish maqsadidi barcha zaruriy choralar ko’rilmoqda.
Birgina Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida jami 5 ta huquqbuzarliklar aniqlanib jinoyat ishlari qoʻzgʻatilishi taʼminlangan.
Shundan, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 1 ta, qishloq xoʻjalik tizimida 1 ta hamda yoqilgʻi energetika tizimlarida 3 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Jumdalan, 2024-yil 6-may kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Karshiyev Baxodir Allamuratovich oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, murojaat muallifini ish stavkasini 0,75 dan 1,5 stavkaga oʻzgartirib berishi evaziga 200 AQSH dollari talab qilib, shundan kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSH dollari va 500 ming soʻm pullarni maktab hovlisida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan, Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan Payariq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Karshiyev Baxodir Allamuratovichga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Boʻlim tomonidan, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jami 25 ta profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan, shundan 11 ta uchrashuvlar, 10 ta suhbatlar hamda 4 ta radio orqali chiqishlar amalga oshirilgan.