Bugun 14-yanvar vatan himoyachilari kuni hamda qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi arafasida tumanimizda bir qator ijtimoiy soha ob'yektlari foydalanishga topshirildi.
Bugun 14-yanvar vatan himoyachilari kuni hamda qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi arafasida tumanimizda bir qator ijtimoiy soha ob'yektlari foydalanishga topshirildi.
Jumladan, Javshar ota mahallasida "Tashabbosli budjet" loyihasi doirasida 1 mlrd 350 mln so'm mablag' evaziga rekonstruksiya qilingan 5-umumta'lim maktabining 180 o'rinli qo'shimcha binosining ochilish marosimi o'tkazildi.
Tuman rahbari boshchiligidagi mas'ullar, ta'lim tizimi xodimlari va mahalla aholisi bilan o'tgan tadbirda so'z olganlar ta'limga qaratilgan e'tibor yaratilayotgan sharoitlarni e'tirof etishdi.
Shuningdek, inshootning vatan himoyachilari kuni arafasida foydalanishga topshirilishi, xalqimiz uchun qo'shaloq bayram ekanligi qayd etildi.
Shundan so'ng, rasmiy lenta kesilib, yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechjrildi.