insurez
12-04-2025 17:50

Bugun Payariq tumanining Ko'paki mahallasida investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan navbatdagi muhim loyiha yakuniga yetkazildi.


Bugun Payariq tumanining Ko'paki mahallasida investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan navbatdagi muhim loyiha yakuniga yetkazildi.

🏫 4 milliard 680 million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy talablarga to‘liq javob beruvchi, 120 o‘rinli 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi  qurilishi yakunlanib, tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.

👨‍💼 Tadbirda Payariq tumani hokimi o'rinbosari F. Omonov, mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🧸 Yangi bog‘cha kichkintoylar uchun barcha qulayliklarga ega: yorug‘ va keng xonalar, o‘yin maydonchalari, oshxona va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan mashg‘ulot xonalari barpo etilgan.

🌱 Bu kabi loyihalar yosh avlodning sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib kamol topishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Teglar
- -